«denov shahri» tegli maqolalar


Denovdagi portlash yuzasidan uch mansabdor qamoqqa olindi
16 dekabr 2021, 13:43

Denovdagi portlash yuzasidan uch mansabdor qamoqqa olindi

Denovdagi savdo markazida yuzaga kelgan portlashda shahar gaz bo‘limi boshlig‘i hamda Hududgaz Surxondaryo gazta’minotining 2 nafar xodimi aybdor deb gumon qilinib, qamoqqa olindi. Ular o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaganlik va moddiy qimmatliklar olganlikda ayblanmoqda.

Bosh prokuratura Denovdagi portlash bo‘yicha terakt versiyasini rad etdi
9 dekabr 2021, 11:26

Bosh prokuratura Denovdagi portlash bo‘yicha terakt versiyasini rad etdi

Bosh prokuratura matbuot kotibi Denovdagi portlash bo‘yicha terakt versiyasini rad etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga taxminan bino ichida bir necha soat davomida gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Chaqnash oqibatida 65 ta uy zarar ko‘rgani, 6 ta xonadon yashash uchun xavfli holatga kelib qolgani aytilmoqda. Viloyat hokimi To‘ra Bobolov yetkazilgan zarar davlat tomonidan to‘liq qoplab berilishiga ishontirmoqda.

Foto: Denovdagi portlash oqibatlari
8 dekabr 2021, 09:45 1

Foto: Denovdagi portlash oqibatlari

Denovdagi savdo markazidagi portlash ovozi bir necha kilometr uzoqlikdan eshitildi. Yaqin atrofdagi binolar, jumladan, turar-joy binolari jiddiy shikastlangan. Portlashning taxminiy sababi sifatida gaz qurilmalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi aytilmoqda. «Gazeta.uz» favqulodda hodisa joyidan suratlarni e’lon qildi.

7 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
7 dekabr 2021, 22:00

7 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Mercedes`dan Cadillac`gacha: amaldorlarning qanday mashinada yurishi, Konstitutsiya kuni arafasida 182 mahkumning afv etilishi, «Qo‘yliq» bozorining ko‘chirilishi, Denovdagi savdo majmuasida portlash oqibatida 2 kishining halok bo‘lishi, bank kartalaridan pul yechib olinish sabablari o‘rganilayotgani, AQSh senatorlarining O‘zbekistonga bosim o‘tkazishga chaqirig‘i — «Gazeta.uz» ning 7 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Denovdagi portlashda 2 kishi halok bo‘ldi
7 dekabr 2021, 12:19

Denovdagi portlashda 2 kishi halok bo‘ldi

Surxondaryo viloyatidagi «Indenim» savdo majmuasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 2 kishiga yetdi. FVV xodimlari ularning jasadini vayronalar ostidan chiqarib olgan.

Denovdagi portlash oqibatida 9 kishi jarohatlanib, ikki kishi halok bo‘ldi (yangilandi)
7 dekabr 2021, 09:55

Denovdagi portlash oqibatida 9 kishi jarohatlanib, ikki kishi halok bo‘ldi (yangilandi)

Erta tongda Surxondaryodagi «Indenim» savdo majmuasida chaqnash sodir bo‘ldi. Hodisa vaqtida bino ichida bo‘lgan 9 kishi jarohat olgan, yana ikki kishi vafot etgan. Voqea joyida bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi ish olib bormoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting